Huawei 1
Qozog‘istonda yuzni berkituvchi kiyimlar kiyib yurish taqiqlandi

30-iyun, dushanba kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To'qayev jamoat joylarida odamni tanib olishni qiyinlashtiradigan kiyim kiyishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Taqiq hijob kiyishga ham taalluqli bo‘ladi. 

Qonun matniga ko‘ra, istisno, xizmat vazifalarini bajarish, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda qatnashayotganda yuzlarini yopish holatlariga nisbatan qo‘llaniladi. 

Avvalroq, prezident To'qayev yuzni yopish o‘rniga milliy o‘ziga xoslikni ta’kidlaydigan kiyim kiyishni targ‘ib qilgan, deya aniqlik kiritadi Kursiv nashri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70118 | Инструменты