Qozog'iston prezidenti suv toshqini tufayli Ostona xalqaro forumini bekor qildi

Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatda “misli ko'rilmagan suv toshqini” sababli iyun oyida bo'lib o'tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qilayotganini aytdi.

Bu haqda Qozog'iston Prezidenti “X” ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida yozgan.

“Qozog'istonda misli ko'rilmagan suv toshqini va keng ko'lamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish va mamlakat fuqarolariga yordam ko'rsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli shu yilning 13-14-iyun kunlari bo'lib o'tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qilishga qaror qildim”, deb yozgan Qasim-Jomart Toqayev.

Uning so'zlariga ko'ra, forum 2025-yilda o'z ishini davom ettiradi. “Umid qilamanki, tadbirga taklif etilgan ishtirokchilar ushbu qarorga tushunish bilan yondashadilar”, dedi Prezident.

13-14-iyun kunlari respublika poytaxtida Qozog'iston Prezidenti raisligida Ostona xalqaro forumi o'tkaziliishi kerak edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты