Huawei 1
Qozog'istonga koronavirusning hindcha shtammi aniqlandi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda koronavirus bilan kasallanishning keskin o‘sishi munosabati bilan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 bilan og‘rigan bemorlardan olingan musbat laboratoriya namunalarini PZR skriningidan o'tkazdi. 

Skrining natijalari asosida koronavirusning “delta” shtammiga (“hind” shtammiga) mutatsion xarakteristikasi ehtimoli aniqlandi. Mutatsiya mavjudligi va uning “delta” shtammiga mansubligining yakuniy tasdig‘i genomlar bo‘yicha DNK namunalarining sekvensiyasi tugagandan so‘ng aniq bo‘ladi. 

Koronavirusning “delta” turi aniqlangan boshqa shtammlarga qaraganda 60 foiz ko‘proq yuqumli hisoblanadi. Bunday holda, infeksiyani yuqtirgan odam bo‘g‘imlarda va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilishni boshdan kechiradi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusning “delta” shtammida shifoxonaga yotqizilish va o‘lim ehtimoli yuqori bo‘ladi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 20 iyun holatiga ko‘ra, dunyoning 74 mamlakatida koronavirusning “delta” shtammi aniqlangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты