Ushbu filmda bosh rolni ijro etgan germaniyalik Sandra Xyuller "Eng yaxshi dramatik aktrisa" nominatsiyasiga nomzod bo'lgan, biroq Lili Gladston bu yo'nalishda "Gul oyining qotillari" filmidagi roli uchun g'olib bo'ldi.
8-yanvar, dushanba kuni Fransiyaning “Qulash anatomiyasi” filmi ikkita “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Nemis aktrisasi Sandra Xyuller ishtirokidagi ushbu kinokartina “Ingliz tilidagi eng yaxshi film” va “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Xyullerning o'zi eng yaxshi dramatik aktrisa nominatsiyasida ham nomzod bo'lgan, biroq Lili Gladstoun bu nominatsiyada "Gul oyining qotillari" filmidagi roli uchun g'olib bo'ldi.
Bundan tashqari, “Oppengaymer” filmidagi roli uchun Sillian Merfi “Eng yaxshi aktyor” deb topildi. Dastlab mukofot favoritlaridan biri bo'lgan drama "Eng yaxshi dramatik film" deb topildi va bunda Kristofer Nolan "Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyasida g'olib chiqdi. Eng yaxshi komediya janridagi film nominatsiyasi Yorgos Lantimosning “Bechoralar” kinokartinasiga, eng yaxshi animatsion film nominatsiyasi esa Xayao Miyazakining “Bola va qush” filmiga berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90105 | Инструменты