28-iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida yana muqadddas Qur’oni karim tahqirlandi. Namoyishda iroqlik 37 yoshli muhojir Salvan Momika muqaddas kitobni yoqib yubordi.
U arab tilida nutq qilib, musulmonlarning muqaddas kitobidan varaqlarni yirtib, o‘t qo‘ydi. Aksiya sodir bo‘lgan joyda Shvetsiya va xalqaro OAV vakillari, shuningdek, 200 ga yaqin tomoshabin bo‘lgan. Politsiya tashkilotchiga tosh otmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
"Biz bunday narsalarga chidamasligimiz kerak, "to'xtang" deyish vaqti keldi. Boshqalarni kamsitish yaxshi emas”, – deydi bir ayol kuzatuvchi.
"So'z erkinligi, albatta, juda muhim, lekin men diniy kitobni yoqish so'z erkinligi emas, bu butunlay boshqa narsa, bu provokatsiya, deb hisoblayman", – deydi voqea guvohlaridan bir erkak.
Namoyishdan oldin Momika TT telekanaliga bergan intervyusida tarjimon yordamida “Qur’onni yoqib yuboramiz, Shvetsiyani uyg‘ot, deymiz. Bu demokratiya, bizga ruxsat yo‘q deyishsa, bu xavfli”, deb baqirgan.
Avvalroq, Momika Shvetsiya OAVlariga bergan intervyusida uning harakati Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi emasligini, shunchaki qirollikda Qur’onni taqiqlashni xohlashini aytgan edi. Ammo, ba’zi ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar haqiqatan ham mamlakatning NATOga kirishini qiyinlashtirishi mumkin.
“Keyingi hafta Bryusselda Shvetsiya, Turkiya va Finlyandiya o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘ladi. Lekin kulga aylangan Qur’on yozda NATOga a’zo bo‘lish uchun so‘nggi umid uchqunini o‘chirishi mumkin”, - dedi TV4 sharhlovchisi Tereza Kristiansson.
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson shu kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu harakat Shvetsiyaning NATOga kirish jarayoniga qanday ta’sir qilishi haqida spekulyatsiya qilmasligini aytdi.
“Bu qonuniy, ammo nomaqbul”, - deb tushuntirdi siyosatchi.
Aksiya politsiyaning ruxsati bilan bo‘lib o‘tgan, hisobotda ular musulmonlarning muqaddas kitobini “yoqish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat” bermagani, balki bu “Qur’on haqidagi namoyish” ekanligi aytilgan. Xabarda, shuningdek, ayni paytda Poytaxt okrugida quruq va issiq ob-havo tufayli olov yoqish taqiqlangani va uni buzish jarimaga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102021 | Инструменты