Quvayt amiri Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Sabah shayx Saboh Xolid as-Sabahni valiahd shahzoda etib tayinladi. Bu haqda KUNA davlat axborot agentligi xabar berdi.
11-mayda amir Milliy majlis (bir palatali parlament) tarqatib yuborilgani va konstitutsiyaning ayrim qoidalari toʻxtatilganini eʼlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat siyosiy sahnasidagi kelishmovchiliklar tufayli hukumat konstitutsiyaning “demokratik jarayonning barcha jihatlari oʻrganib chiqiladigan” toʻrt yildan koʻp boʻlmagan muddatga ayrim moddalari amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga majbur. Shundan soʻng parlament vakolatlari vaqtincha amir va Vazirlar Mahkamasiga oʻtdi.
Mashaal al-Ahmed al-Jobir as-Saboh o‘tgan yilning 20-dekabrida milliy assambleya oldida qasamyod qabul qilib, rasman Quvayt amiri bo‘ldi. Avvalgi amir Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh 2020-yil sentabridan 2023-yilning 16-dekabriga qadar Quvayt taxtida o'tirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90500 | Инструменты