Huawei 1
Reuters: AQSh Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e'lon qiladi

Jo Bayden maʼmuriyati bugun, 8-avgust kuni Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini eʼlon qiladi. Bu haqda Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda. U oldingi paketlardagi qurollar narxini qayta baholashning bir qismi sifatida ajratilgan. Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi xarajat 6,2 milliard dollarga oshirilganini tan olgan edi.

Xabarga ko’ra, yangi paketga AT-4, TOW va Javelin tankga qarshi raketa komplekslari, minalardan tozalash uskunalari, Patriot zenit-raketa tizimlari uchun o’q-dorilar, GMLRS boshqariladigan raketalari, boshqa o’q-dorilar va o‘qotar qurollar kiradi. Mablag’lar Pentagon zahirasidan o'tkaziladi.

Reuters agentligi ma’lumotlariga ko’ra, Pentagonning noto’g’ri hisob-kitobi “Kiyev foydasiga ishlaydi”, chunki kelgan 6,2 milliard dollar Kongress tomonidan tasdiqlangan 25,5 milliard dollarning oxirgi partyasi hisoblanadi.

Agentlik maʼlumotlariga ko’ra, Oq uy Ukrainaga yordam berish uchun qo’shimcha mablag’ ajratish boʻyicha Kongressga yangi budjet soʻrovi ustida ishlamoqda.

Avvalroq Ukraina Ikkinchi jahon urushidan beri AQShdan eng ko‘p yordam olgan davlatga aylangani ma'lum qilingan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60903 | Инструменты