Huawei 1
Reuters: AQSh Ukrainaning Starlink'ga kirishini to'sib qo'yish bilan tahdid qildi

AQSh hukumati Ukrainani Ilon Maskdan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimiga kirishni bloklash bilan tahdid qildi. Bu haqda 21-fevral, juma kuni manbalarga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday tahdid AQShning Ukraina resurslariga kirishi muhokamasi chog‘ida bildirilgan. Xususan, 20-fevral kuni Kiyevda Vladimir Zelenskiy va AQSh maxsus vakili Keyt Kellog o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Starlink masalasi ko‘tarilgan edi. U noyob yer metallari bo'yicha kelishuvga erishilmasa, Starlink kompaniyasining "tez orada yopilishi" bilan tahdid qildi, deb yozadi Reuters.

Avvalroq Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Zelenskiy Vashington taklif qilgan kelishuvning dastlabki versiyasini rad etgan edi. Kuni kecha Donald Tramp ma’muriyati Kiyevga yangi kelishuv loyihasini topshirdi, deb yozadi Axios portali.

Ukrainadagi Starlink sun'iy yo'ldoshlari

Rossiya istilosi boshlanganidan ko'p o'tmay, Ilon Mask vayron qilingan aloqa uskunalarini almashtirish uchun minglab Starlink terminallarini Ukrainaga sovg'a qildi. Reuters xabariga ko‘ra, avvaliga milliarder Ukrainada qahramonga aylangan, biroq keyin munosabat o‘zgargan: kamida bir marta, 2022-yilning kuzida Mask Kiyevning xatti-harakatlarini tanqidiyroq ko‘ra boshlagani uchun tizimga kirishni cheklagan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Starlink tizimi UAVlarni boshqarish uchun muhimdir. "Ukraina Starlinkda ishlaydi", dedi manba Reuters agentligiga "Starlinkning yo'qolishi katta zarba bo'ladi".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22220 | Инструменты