Rim papasi Fransisk uzoq muddatli pnevmoniya davolanishidan so‘ng 23-mart kuni shifoxonadan chiqdi.
Ma’lumot uchun, 88 yoshli Fransisk 14-fevral kuni bir necha kunlik nafas olishdagi qiyinchiliklardan so‘ng Rimdagi kasalxonaga yotqizilgan edi. 18-fevralda papaga ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan edi. Shifokorlarning aytishicha, u Vatikanda kamida ikki oy davomida dam olishi kerak bo‘ladi.
Vatikan ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni u Rimdagi Agostino Gemelli kasalxonasidan Anjelus namozidan so‘ng duo qilishni rejalashtirmoqda.
So‘nggi yillarda Rim papasi bir necha bor gripp bilan kasallanib, turli sog‘liq muammolariga duch kelgan. U yoshligida plevrit bilan og‘rib, o‘pkasining bir qismi olib tashlangan. Shuningdek, tizzasidagi muammolar tufayli nogironlar aravachasidan foydalanadi va 2021-yilda ichak operatsiyasini o‘tkazgan.
Pontifik sog‘lig‘i tufayli o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmasligini sezsa, lavozimidan iste’fo berishini istisno etmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32522 | Инструменты