Huawei 1
Robert Kennedi Arizona shtatidagi prezidentlik poygasidan chiqib ketdi

AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi xalqqa rejalashtirilgan murojaatidan bir kun oldin Arizona shtatidagi prezidentlik poygasidan chiqish uchun ariza berdi. Amerika matbuoti Kennedi kichik respublikachi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanayotganini yozdi.

Hujjatlarning nusxalari Axios tomonidan nashr etilgan. Ular 22 avgust kuni topshirilgan. Bundan tashqari, vitse-prezidentlikka nomzod Nikol Shanaxan va Robert Kennedi jamoasining boshqa a'zolari ham poygadan chiqqani ma'lum qilingan.

Kennedi faqat Arizona shtatidagi prezidentlik saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi.

22-avgust kuni Amerikaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, CNN, The New York Times va CNBC manbalariga tayanib, Donald Tramp bilan muzokaralardan so‘ng kichik Robert Kennedi respublikachi nomzodni qo‘llab-quvvatlashini yozgan edi. Trampning saylovoldi kampaniyasi 23-avgust kuni Arizonada bo‘lib o‘tadigan mitingda “maxsus mehmon” kutilayotganini e’lon qildi.

So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, kichik Robert Kennedining reytingi 5 foiz atrofida edi. Demokratik nomzod Kamala Xarrisni amerikaliklarning 47 foizi, Donald Trampni esa 43 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты