Huawei 1
Rossiya bozorlarga 4 million tonna Ukraina g‘allasini jo‘natdi

2022 yildan beri Rossiya Ukrainaning egallab olingan hududlaridan xalqaro bozorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kamida 4 million tonna don jo‘natgan. Bu haqda Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vazirining sobiq o‘rinbosari Markiyan Dmitrasevich ma’lum qildi. Uning so‘zlari 16 sentabr, dushanba kuni The Wall Street Journal saytida keltirildi.

"2022 yildan buyon ushbu operatsiya doirasida kamida 4 million tonna g‘alla va boshqa mahsulotlar egallab olingan Ukrainadan xalqaro bozorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jo‘natilib, 800 million dollar daromad keltirildi", — dedi Dmitrasevich.

Ayni paytda, Euromaidan Press aniqlik kiritishicha, savdoda turli tashkilotlar, jumladan, hujum uchun kemalarni jihozlagan portlardan biri, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK, Eron qurolli kuchlarining elita bo‘linmalari) bilan bog‘liq kompaniya, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va Suriya orqali savdo qiluvchi korxonalar ishtirok etgan. Operatsiya Moskvaga iqtisodiy bosim kuchayib borayotganiga qaramay, Rossiya ittifoqchilarining sodiqligini saqlab qolishga yordam beradi, deydi ekspertlar.

Ukraina Qrimdan don olib chiqib ketayotgan yuk kemasini xatlovga oldi

Avvalroq, iyul oyida Ukraina rasmiylari Odessa viloyatining Reni porti akvatoriyasida Kamerun bayrog‘i ostida bo‘lgan kemani xatlovga olgani, u, razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlaridan o‘g‘irlangan donni olib chiqib ketayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning noyabr oyida USKO MFU kemasi Qrimdagi Ukraina tomonidan yopilgan Sevastopol portiga kirib, chiqib ketgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati kapitanga Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududiga kirish va chiqish tartibini buzish (Ukraina Jinoyat kodeksining 332-1-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha gumon haqida ma’lum qildi. Ushbu moddaga ko‘ra, u 5 yilgacha qamalishi mumkin. Kapitandan tashqari, kema ekipaji 12 nafar xorijlikdan iborat edi.

2014 yil 15 iyulda Ukraina Qrim va Sevastopol hududidagi barcha portlar faoliyatini rasman to‘xtatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты