Huawei 1
Rossiya chaqiruv yoshidagilarni harbiy zavodlarga yubormoqchi

Rossiyada chaqiruv yoshidagi fuqarolar harbiy korxonalarga ishlash uchun yuborilishi mumkin. Fuqarolar davlat mudofaa buyurtmasini bajaruvchi korxonalarda muqobil xizmatni o‘tashi mumkinligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi davlat Dumasiga kiritildi.

Unga ko‘ra, mudofaa kompleksi korxonasiga ishga joylashgan fuqaro an’anaviy muddatli xizmatni muqobil fuqarolik xizmatiga almashtirishi mumkin. Ukraina bilan urush sharoitida bu chora davlat mudofaa buyurtmasini o‘z vaqtida bajarishda zarur bo‘lgan kadrlar tanqisligi muammosini hal qiladi. Shuningdek, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularni yetkazib berishni tezlashtirish imkonini beradi.

Qonun loyihasida muqobil xizmatni o‘tash joylari ro‘yxatini kengaytirish, unga davlat mudofaa buyurtmasining bosh ijrochilari bo‘lgan korxonalarni kiritish taklif etilmoqda.

2024-yil sentyabr oyida prezident Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari shtatlarini 2 389 130 kishigacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat 1-dekabrdan kuchga kirdi. Natijada harbiy xizmatchilarning shtat birligi 180 ming kishiga oshirildi.

Bungacha armiya soni so‘nggi marta 2023-yil dekabr oyida qayta ko‘rib chiqilgan, o‘shanda harbiylar soni 170 ming kishiga ko‘paytirilib, 2 million 209 ming 130 nafarga yetkazilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты