Huawei 1
Rossiya hukumati «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishni ma’qulladi

Rossiya hukumati «xorijiy agentlarga nisbatan jinoiy ishlarning tezroq ochilishiga imkon beruvchi jinoiy javobgarlikni kuchaytirish» qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun loyihasini tayyorlagan Davlat dumasining xorijiy aralashuv faktlarini tekshirish komissiyasi rahbari Vasiliy Piskarev 9 iyun, dushanba kuni tashabbus qabul qilinganini ma’lum qildi.

Tashabbus Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 1- va 2-qismlariga o‘zgartirish kiritishni taklif qiladi. Amaldagi tahrirda bu moddalar «chet el agenti» faoliyati tartibini buzganlik uchun 19.34-moddaga asosan bir yil davomida ikki marta ma’muriy jarimaga tortilgan bo‘lsagina, «chet el agentlari»ni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasida bunday huquqbuzarliklar ro‘yxati juda keng — masalan, «chet el agentlari» ijtimoiy tarmoqlarda o‘z maqomlari ko‘rsatilmagani yoki o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiy organlarga topshirmagani uchun jarimaga tortilishi mumkin.

Kelgusida qoidabuzarlarga nisbatan birinchi jarimadan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atish, shuningdek, dispozitsiyadan qoidabuzarliklarni har yili «nolga tushirish» tamoyilini olib tashlash taklif etilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi avvalroq Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi tomonidan ma’qullangan edi, dedi Piskarev. Endi u Davlat dumasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak, uning quyi qo‘mitasi tashabbusni ishlab chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61107 | Инструменты