«Alrosa» kompaniyasi Rossiya tarixidagi «Yangi Quyosh» nomli eng katta olmosni sayqallashni yakunladi.
O‘ta yirik o‘lchamdagi oltin rangli olmos kompaniya tomonidan Ebelyax Arktika konida qazib olingan. Sayqallashdan oldin uning og‘irligi taxminan 200 karat edi.
Sayqallash ikki yildan ortiq davom etdi. Kompaniyaning xabar berishicha, buning ustida 15 nafar mutaxassisdan iborat guruh ishlagan. Olmosning sayqallashdan keyingi og‘irligi 100 karatdan oshadi.
«Alrosa» «Yangi Quyosh»ni «so‘nggi yillarda qimmatbaho toshlar sanoatidagi eng muhim voqealardan biri» deb atadi.
«Alrosa» olmos ishlab chiqarish va zaxiralari bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Uning kon aktivlari Saxa Respublikasi (Yoqutiston) va Arxangelsk viloyatida joylashgan.
«Alrosa» olmos narxini e’lon qilmadi. Biroq, shunga o‘xshash va og‘irligi 110 karat bo‘lgan, 2010 yilda Janubiy Afrikada topilgan, «Quyosh tomchisi» deb nomlangan sariq olmos auksionda 12,4 million dollarga sotilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41106 | Инструменты