Rossiya va Hindiston qoʻshma dengiz mashqlarini boshladi

Hind okeanidagi Bengal ko‘rfazida Rossiya va Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“Mashg‘ulotlardan maqsad Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi dengiz sohasida hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, global tahdidlarga birgalikda qarshi turish va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida fuqarolik kemalari xavfsizligini ta’minlashdan iborat”, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Mashqlarda suv osti kemalariga qarshi “Admiral Tributz” kemasi, “Pechenga” dengiz tankeri, Hindiston harbiy-dengiz kuchlaridan esa “Ranvijay” esminetsi, "Kiltan" korveti, shuningdek, samolyot va vertolyotlar ishtirok etadi.

Eslatib o'tzmiz, 18-noyabr kuni Mudofaa vazirligi Tinch okean flotining kemalar otryadi Vishakxapatnam (Hindiston) portiga rejalashtirilgan kirishni yakunlaganini ma'lum qilgan edi. 

Yil boshida Rossiya Mudofaa vazirligi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini ma’lum qilgan edi. Ular orasida Hindiston, Xitoy, Pokiston, Mo'g'uliston, Jazoir, Laos va Vetnam davlatlari bor. 

“Manevrlar tinchlikparvarlik va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan”, — deyiladi departament xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты