Rossiyaning Kirov viloyatida bolalar maktab oshxonasidagi tushlikdan keyin shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Baza Telegram-kanali.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Kalinino qishlog‘ida sodir bo‘lgani aytilmoqda. O‘quvchilar 28-noyabr kuni tushlikka palov yeyishgan, keyin esa ularning salomatligi yomonlashgan.
Qayd etilishicha, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq bemorlar soni oshib bormoqda. Zaharlanish voqeasi tergovchilar hamda "Rospotrebnadzor" vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.
Dastlabki taxminga ko‘ra, oshpazlar palov tayyorlash texnologiyasiga amal qilishmagan va bu zaharlanishga olib kelgan. Tekshiruv ishlari oxirigacha maktab oshxonasi yopilgan, o‘qish onlayn shaklga o‘tkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120611 | Инструменты