Rossiyada Vikipediya bloklanishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Vikipediya onlayn ensiklopediyasini mamlakat hududida bloklash taklifi bilan chiqishdi. Ularning fikricha, platformada tarqatilayotgan ma’lumotlar ruslarga qarshi ruhda bo‘lib, tarixiy voqealar biryoqlama va noto‘g‘ri yoritilmoqda.

Deputatlar Vikipediyani "g‘arblik mafkuraviy vosita" deb atab, uni Rossiya axborot xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda. Shu sababli ular rasmiy ravishda resursni cheklash choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Hozircha Vikipediya Rossiyada to‘liq bloklanmagan, ammo ayrim sahifalar allaqachon cheklovlarga uchragan. Masala bo‘yicha rasmiy qaror hali e’lon qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21400 | Инструменты