Huawei 1
Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘smir bolg‘a bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarga hujum qildi

Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 68-maktabda bolg‘a bilan qurollangan o‘smir o‘quvchi va o‘qituvchilarga hujum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan, ular orasida bir nafar o‘qituvchi ham bor. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

“Chelyabinskdagi 68-maktabda favqulodda hodisa yuz berdi. O‘quvchi boshqa o‘quvchilar va o‘qituvchilarga hujum qildi. Jabrlanganlar bor. Ular kasalxonaga yotqizilgan va barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Vaziyatni shaxsan nazoratga oldim”, deydi gubernator Aleksey Teksler.

Hujum sodir etgan 7-sinf o‘quvchisi o‘ziga ham jarohat yetkazgan. U binoga pichoq, bolg‘a va to‘pponcha olib kirgani aytilmoqda.

“O‘quvchi bolg‘ani maktabga qanday olib kirgani katta savol tug‘dirmoqda. Nima uchun qo‘riqlash xizmati bunga e’tibor bermagan? Huquqni muhofaza qilish organlari, Ta’lim vazirligi, shahar ma’muriyati va bola huquqlari bo‘yicha vakilga vaziyatni batafsil o‘rganib chiqish to‘g‘risida ko‘rsatma berdim. Shuningdek, barcha ta’lim muassasalarida tekshiruvlar o‘tkazish haqida ham topshiriq berdim”, dedi Teksler.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты