Huawei 2
Rossiyaning o‘ndan ortiq viloyatida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi

Rossiyaning ko'plab viloyatlari mamlakatda ishchi kuchi tanqisligiga qaramay, mehnat muhojirlari ishiga cheklovlar qo‘yishda davom etmoqda. Kamchatka hukumati Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijliklarga taksida ishlashni taqiqladi.

“Men chet el fuqarolariga taksida ishlashni taqiqlashga qaror qildim. Qaror joriy yilning bahori oxirigacha kuchga kiradi va Kamchatkada patent bo‘yicha ishlayotgan xorijliklarga nisbatan qo‘llaniladi”, — dedi Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov o‘zining telegram-kanalida.

U o‘z qarorini “mintaqada turli jinoyatlar sodir etayotgan” noqonuniy muhojirlar odatda taksilarda ishlashi bilan izohladi. “Ko‘rilgan chora-tadbirlar va umuman migratsiya siyosatining qat’iylashtirilishi yo‘lovchi tashish bozorini xavfsizroq qilishiga ishonaman”, — deya qo‘shimcha qildi Solodov.

Kamchatka o‘lkasi Rossiyaning migrantlar mehnatiga cheklovlar kiritilgan o‘n ikkinchi hududiga aylandi. Bungacha Chelyabinsk, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen, Kaluga va Novgorod viloyatlarida, shuningdek, Xanti-Mansi avtonom okrugi – Ugra, Yakutiya va Qrimda ayrim sohalarda xorijliklarni ishga olish taqiqlangani e’lon qilingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga