Huawei 1
Seul: Rossiyaning Ukrainadagi urushida KXDRning 2000 nafar harbiysi halok bo‘ldi

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati (NIS) Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun Rossiyaga yuborilgan 2000 ga yaqin askarini yo‘qotganini taxmin qilmoqda. Bu haqda NIS parlament razvedka qo‘mitasi uchun o‘tkazilgan yopiq brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda 2-sentabr, seshanba kuni Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi Janubiy Koreya Milliy assambleyasining ikki a’zosiga tayanib. Ulardan biriga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘zining joylashtirilishining birinchi va ikkinchi bosqichida 350 ga yaqin askar halok bo‘lganini da‘vo qilgan. Aprel oyida NIS parlament qo‘mitasida o‘tkazilgan brifingda Shimoliy Koreyaning kamida 600 askari halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Endilikda bu hisob boshqa davlatlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “har tomonlama tahlil”dan so‘ng 2000 taga yetkazildi, deb xabar beradi Yonhap.

Shimoliy Koreya kuchlari "zaxira sifatida" orqada joylashtirilgan

2024-yil oktabr oyidan beri Shimoliy Koreya Rossiyaning harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 13 mingga yaqin askar va qurol-yarog‘ yuborgan. AFP xabar berishicha, bunga artilleriya snaryadlari, raketalar va uzoq masofali raketa tizimlari kiradi. NIS hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan joylashtirishning uchinchi bosqichi doirasida Rossiyaga qo‘shimcha ravishda 6000 ga yaqin askar jo‘natishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, 1000 ga yaqin Shimoliy Koreya harbiy muhandislari allaqachon Rossiyaga ko'chirilgan.

Shimoliy Koreya kuchlari “zahira sifatida orqada” joylashtirildi, deb xabar berdi NIS ularning qo‘mondonligi o‘zgarishi ehtimoliga ishora.

Kim Chen In Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi operatsiya ishtirokchilarini qabul qildi

Joriy yil boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreya Kursk viloyatiga harbiy quruvchilar va sapyorlarni yuborishini aytgan edi.

Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen In 20 avgust kuni Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan va davlat mukofotlarini olish uchun uyiga qaytgan “Koreya xalq armiyasining xorijdagi operativ qo‘shinlarining yetakchi qo‘mondonlarini” qabul qildi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi KCNA.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90315 | Инструменты