Shimoliy Koreya 22-noyabr kuni sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda

Shimoliy Koreya 22-noyabrdayoq harbiy razvedka yo‘ldoshini uchirishga urinib ko‘rishi mumkin, dedi Seuldagi jurnalistlarga Janubiy Koreyadagi harbiy manba.

Avvalroq Yaponiya dengiz xavfsizligi xizmati Shimoliy Koreyadan 22-noyabrdan 1-dekabrgacha sunʼiy yoʻldoshga ega raketa uchirilishi haqida xabar olganini maʼlum qilgandi. Raketa parchalari Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga, Sariq dengizdagi Shimoliy Koreyaning janubi-g‘arbiy ikki nuqtasiga va Filippin sharqiga tushishi kutilmoqda.

“Taxminlarga koʻra, uchirilish ertaga, 22-noyabr kuni tunda boʻlib oʻtishi mumkin, biz ham tayyorgarlik koʻryapmiz... Bu yil Shimoliy Koreya barcha sunʼiy yoʻldosh uchirmalarini belgilangan muddatning birinchi kunida amalga oshirdi. Ertaga tong otguncha ob-havo yaxshi bo'lishi kutilmoqda. Ammo keyin Dongchangni hududida (sinov maydoni) qor va yomg‘ir yog‘adi. Ob-havo yomonlashishiga qaramay barcha kerakli choralar ko'riladi”, dedi harbiy amaldor.

Uning taʼkidlashicha, KXDR tomonidan 22-noyabrdan 1-dekabrgacha eʼlon qilingan muddat aslida 22-noyabr soat 0.00 dan 31-noyabr 00.00 gacha boʻlgan vaqtni nazarda tutadi.

Eslatib o'tamiz, Shimoliy Koreya 31-may va 24-avgust kunlari ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishga uringan edi, ammo ish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты