Huawei 1
Shols Zelenskiy bilan harakatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-fevral, juma kuni kechqurun telefon orqali suhbatda Kiyev Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha bo‘lajak har qanday muzokaralarda ishtirok etishi kerakligini tasdiqladi.

Germaniya hukumati so‘zlovchisi Shteffen Xebstreytning so‘zlariga ko‘ra, Shols va Zelenskiy “hozirgi harbiy va gumanitar vaziyatni, shuningdek, Ukrainada adolatli tinchlik o‘rnatish yo‘llarini” muhokama qilgan. Har ikki yetakchi Yevropa xavfsizligi masalalarini Yevropa davlatlari bilan birgalikda muhokama qilish kerak degan fikrga kelishdi.

Xebstreyt shuningdek, telefon orqali muloqot chog‘ida Shols Zelenskiyga “Germaniya adolatli va mustahkam tinchlikka erishilgunga qadar Ukrainani Yevropa va xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga” ishontirganini ta’kidladi.

AQShning Ukrainadagi urush bo'yicha pozitsiyasi

Avvalroq AQSh maʼmuriyati Ukrainaning oʻzi va Yevropa ishtirokisiz Rossiya bilan Ukraina kelajagi haqida muloqot qilish tashabbusini oʻz qoʻliga olgan edi. Vashington va Moskva 18-fevral kuni Ar-Riyodda kelishmovchiliklarni bartaraf etish va Ukrainadagi urushni tezda tugatish uchun muzokaralar olib borishga kelishib oldi. Muhokamada boshqalar qatorida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi, biroq Yevropa va Ukraina vakillari taklif etilmadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin orada uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, u Zelenskiyni keskin tanqid qilib, uni “diktator” deb atadi va uning Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi shart emas, degan fikrni bildirdi.

2022-yil fevral oyidan beri Ukraina Yevropa davlatlari, shuningdek, sobiq prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQShning avvalgi maʼmuriyatining moliyaviy va harbiy koʻmagida Rossiya agressiyasidan oʻzini himoya qilib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22222 | Инструменты