Huawei 2
Shveytsariyada burqa (niqob) taqish ta’qiqlandi

Yakshanba kuni Shveytsariyada bo’lib o’tgan referendumda yuzni yashirish no’urin ekanligi to’g’risidagi fikrni ma'qullashdi. Saylovchilarning yarmidan ko'pi bunga rozilik bildirdi.

Ushbu o’zgartirishlar to'g'ridan-to'g'ri musulmonlarga qaratilmagan bo’lib, bundan maqsad noroziliklarning radikal ishtirokchilariga niqobning orqasida yashirishga yo'l qo'ymaslik ekani aytildi.

Biroq, mahalliy siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari ushbu qonun loyihasida aynan paranjiga urg’u berilganini ta’kidlashdi.

Referendum qo'mitasi raisi va Milliy konservativ "Shveytsariya xalq partiyasi" deputati Valter Vobman ovoz berishdan oldin, paranji bilan to’silgan yuz mamlakatda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekstremistik harakatlar ramzi ekanini aytdi.

Musulmonlar kengashi referendumni jamiyat uchun "qora kun" deb atadi.

Shu bilan birga, Lyusern universiteti Shveytsariyada deyarli hech kim paranji taqmasligini va hijobni butun mamlakat bo'ylab o'ttizga yaqin ayolgina taqishini aytdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga