Huawei 1
Si Szinpin: BRIKS sammiti rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi

BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlarining Janubiy Afrikadagi uchrashuvi assotsiatsiya tarixidagi muhim bosqich bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlaydi, dedi XXR raisi Si Szinpin. Bugun, 22-avgust kuni u BRIKSning 15-sammiti boʻlib oʻtadigan Yoxannesburgga yetib keldi.

“Ushbu sammit BRIKS mexanizmini rivojlantirish tarixidagi muhim bosqich boʻlib, rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va hamkorlikni yanada yuqori darajaga koʻtarishiga ishonaman”, - dedi siyosatchi Xitoy tashqi ishlar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.

Szinpinning soʻzlariga koʻra, u “birgalikda rivojlanish va sayyoramizda tinchlikni mustahkamlash yoʻlida” Afrika davlatlarining yuqori hokimiyatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor. Xitoy rahbarining qayd etishicha, BRIKS global iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

"Assotsiatsiya a'zolari global boshqaruvni optimallashtirgan va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga hissa qo'shgan konstruktiv kuchga aylandi", - dedi u.

Ma'lumot o'rnida, BRIKS sammiti 22-24-avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Ushbu tadbirda Rossiya tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali qatnashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga