Siemens va Alstom rahbarlari hibsga olindi

Italiya soliq politsiyasi 13 kishini hibsga olish haqida xabar berdi, ular orasida Germaniyaning Siemens va Fransiyaning Alstom kompaniyalarining mahalliy bo'linmalari rahbarlari bor edi. Bundan tashqari, Milanning ATM transport guruhi va Engineering Informatica axborot texnologiyalarining  yuqori lavozimli xodimlari ham hibsga olingan.

Hibsga olish ishlari Milan metrosini qurishda poraxo'rlik bo'yicha jinoyat ishidagi tergov doirasida o'tkazildi. Boshqa ayblovlar orasida - shartnomalar bo'yicha auksionni buzish, talon-taroj qilish, lavozimni suiste'mol qilish va ommaviy kelishuvlarni soxtalashtirish ko’rib chiqildi. Tergov natijalariga ko'ra, kompaniyalar menejerlari ham qo’lga olindi.

Alstom matbuot xizmati o'z xodimlariga nisbatan ayblovlardan xabardor ekanini va tergov bilan hamkorlik qilganini aytdi. ATMga ko'ra, ikkita menejer hibsga olingan, ularning harakatlari kompaniya bilan bog'liq emas. Siemens va boshqa kompaniyalarninv vakillari hozircha sodir bo'lgan voqealarga izoh bermadilar.

Politsiya tergov doirasida Italiya shaharlarida 15 ta uy va ofislarda tintuv olib borayotganini xabar qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты