Hindiston Pokiston bilan chegaradosh Gujarat, Panjob va Rajastan g‘arbiy shtatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi xabar berdi.
Xususan, bu monitoringni kengaytirish, kamuflyaj va havo mudofaasini faollashtirishni o‘z ichiga oladi.
“Barcha xavfsizlik protokollari faol. Xavfsizlik xizmatlari ham, neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati ham dushman tomonlarning har qanday urinishlarini bartaraf etishga tayyor. Barcha havo mudofaa tizimlari maksimal shay holatga keltirildi”, degan ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan yuqori martabali amaldor.
Qayd etilishicha, kengaytirilgan xavfsizlik choralari Hindistonning umumiy qayta ishlash quvvatining 38% dan ortig‘ini tashkil etuvchi neftni qayta ishlash zavodlariga taalluqlidir. Ro‘yxatga Reliance Industries Ltd kompaniyasining Jamnagar neftni qayta ishlash zavodi, Gujaratdagi Nayara'ning Vadinar neftni qayta ishlash zavodi, HPCL Mittal Ltd'ning Panjobdagi Bathinda neftni qayta ishlash zavodi va Vedanta Ltd'ning Rajastandagi Barmer neft konlari kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22309 | Инструменты