Huawei 1
Soliha va Muhammad ismlari Qirgʻizistonda birinchi yarim yillikdagi eng mashhur ismlarga aylandi

Qirgʻizistonda yilning birinchi yarmida yangi tugʻilgan chaqaloqlar orasida qizlarga Soliha, oʻgʻil bolalarga esa Muhammad ismlari eng koʻp qoʻyilgan, deb xabar qildi Raqamli rivojlanish vazirligi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda 2024-yilning 6 oyida jami 60 mingga yaqin bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan 33370 nafari qiz, 35359 nafari o‘g‘il bolalardir.

O'g'il bolalar orasida eng mashhur 10 ism:

  • Muhammad - 3667 o'g'il, 
  • Umar - 2181, Ali - 1659, 
  • Ramazon - 1428, 
  • Amir - 1370, 
  • Bilol - 1190, 
  • Usmon - 1096, 
  • Alixon - 1012, 
  • Nurislom - 930, 
  • Muhammed - 99.

Qizlar orasida eng mashhur 10 ism:

  • Soliha - 2043, 
  • Fotima - 1489, 
  • Aylin - 1451, 
  • Safiya - 1400, 
  • Amina - 1389, 
  • Aliya - 1361, 
  • Rayana - 1273, 
  • Oysha - 1244, 
  • Hadicha - 11,1  
  • Aruuzat - 11.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты