Tashqi ishlar vazirlari Damashqda ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar.
Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara va tashqi ishlar vaziri Asad Hasan Shayboniy poytaxt Damashqda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yul va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyani Xalq saroyida qabul qildi, deyiladi Suriya prezidenti ma’muriyatining Telegram-kanalida.
Suriya Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga ko‘ra, Shayboniy va Cho ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolagan.
- OAVda Janubiy Koreya TIV rahbarining tashrifi haqida yoritilgan
Janubiy Koreya matbuoti Cho Suriyaga tashrif buyurgan birinchi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri bo‘lganini xabar qildi.
OAV, hokimiyatdan ag'darilgan Baas rejimining Shimoliy Koreya bilan yaqin aloqada bo'lganini eslatib, Damashqda imzolangan kelishuv bilan Janubiy Koreyaning Suriya bilan ikki tomonlama aloqalarida yangi sahifa ochganiga diqqat qaratdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты