Yurak xurujini o‘tkazgan bemorlarda ko‘pincha kasallikdan so‘ng zararlangan mushaklar o‘rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.
Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishida muhim rol o‘ynaydi.
Olimlar tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba jarayonida suyak ko‘migining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi maʼlum bo‘ldi.
Sinov chog‘ida quyidagi tahlillar qo‘lga kiritildi: infarktdan keyin bir oy o‘tgach, GPNMB oqsilidan mahrum bo‘lgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi.Oqsil darajasi meʼyorida bo‘lgan jonivorlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi.
Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yana-da samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты