Huawei 1
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tailandda yengil motorli Twin Otter samolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda qirollik milliy politsiya boshqarmasi vakili Atchayon Kraytxong maʼlum qildi.

Bayonotga ko‘ra, hodisa Tailand milliy politsiyasi havo kemasining mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Samolyot bir nechta parashyutchini Xuaxin shahridagi mashg‘ulotlarga olib borishi kerak edi. Uning bortida uch nafar uchuvchi, ikki mexanik va aviamuhandis bo‘lgan.

Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Tailand politsiyasi uchun 2020 yilda sotib olingan uchta Twin Otter‘dan biri bo‘lib, unga yaqinda texnik xizmat ko‘rsatilgan.

Dastlabki tergov natijalarida keltirilishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagini tark etishi bilan muvozanatni yo‘qotgan. Sohildan turib olingan videoda samolyot avvaliga havoga ko‘tarilib, keyin vertikal ravishda qulashni boshlagani tasvirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты