Huawei 1
Tailandda politsiya mushukni hibsga oldi

Tailand politsiyasi mushukni huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilgani uchun hibsga olib, uning panja izlarini oldi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘qolib qolgan mushuk o‘z egasini topish uchun yordam bermoqchi bo‘lgan politsiyachilarga hujum qilib, ularni tishlagan. Holat hazilomuz bo‘lsada, politsiya hodisa tafsilotlarini rasmiy tartibda qayd etib, mushukning panja izlarini olgan va uning hibsga olish paytidagi suratini ham tayyorlagan.

“Umid qilamizki, bu huquqbuzar saboq oldi”, degan politsiya xodimlaridan biri.

Bir necha kundan so‘ng mushukning egalari kelib, uni olib ketishganidan so‘ng, mushukka qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52420 | Инструменты