Huawei 1
Tailandda politsiya vertolyoti qulab tushdi

24 may kuni Tailandda Bell 212 rusumidagi politsiya vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Matichon online” gazetasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa Prachuapkxirikxan viloyatida, dam olish maskani bo‘lgan Xuaxin shahridan 40 km janubda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi parashyut bilan sakrab chiqib, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. 

Hodisaning sabablari yuzasidan hozirda tergov jarayonlari ketmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71507 | Инструменты