Tanzaniyada tarqalgan noma’lum kasallik sabab mahalliy aholi vafot etmoqda

Tanzaniya shimoli-g‘arbiy qismida noma’lum yuqumli kasallik aniqlandi, kasallangan besh kishi vafot etdi, yana yetti kishida kasallik alomatlari kuzatildi, deb xabar bermoqda Arab News respublika sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, kasallik belgilari orasida isitma, qusish, qon ketish va buyrak yetishmovchiligi bor. Kasallik Uganda bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy Kagera mintaqasida aniqlangan.

Voqea joyiga yuqumli kasalliklarga qarshi tezkor javob guruhi yuborildi, dedi Tanzaniya sog'liqni saqlash vaziri Tumaini Nagu. "Kasallik manbai va turini aniqlash uchun bemorlar va marhumdan namunalar olindi", dedi u.

Tanzaniya - Sharqiy Afrikadagi davlat. U shimolda Keniya va Uganda, gʻarbda Ruanda, Burundi va Kongo Demokratik Respublikasi, janubda Zambiya, Malavi va Mozambik bilan chegaradosh. Mamlakat aholisi qariyb 60 million kishini tashkil etadi, ularning aksariyati qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.

Tanzaniyada yuqumli kasalliklarning tarqalishi muntazam ravishda sodir bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты