Huawei 1
Tehron Rimni “AQSH tufayli” janjallashmaslikka chaqirmoqda

Eron Italiyani “AQSHning garovga olish siyosatini rad etishga” va Vashington so‘roviga ko‘ra Milanda hibsga olingan eronlik muhandisni “ozod qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga” chaqirdi.

Tehron va Rim o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Eron fuqarosi Muhammad Abediniyning “AQSH aralashuvi” oqibatida qamoqqa olinishi ortidan zarar ko‘rishi mumkin, deya Eron TIV Italiya elchisi Paolo Amedeyni ogohlantirdi.

AQSH Adliya vazirligi eronlik muhandis va yana bir eronlik fuqaroni o‘tgan yil boshida Iordaniyadagi AQSH bazasiga dronlar zarbasini amalga oshirishda foydalanilgan maxfiy texnologiyalarni topshirishda ayblagan edi, hodisa oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan.

Abedeniy 2024-yilning 16-dekabr kuni AQSH talabiga binoan Milan Malpensa aeroportida Italiya rasmiylari tomonidan hibsga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты