Telegram messenjeri Janubiy Koreya regulyatorlari iltimosiga ko‘ra o‘z platformasidagi ayrim pornografik kontentni o‘chirib tashladi va uzr so‘radi, dedi Koreya Aloqa Standartlari Komissiyasi (KCSC).
Avvalroq, Janubiy Koreya politsiyasi Fransiya misolida Telegram’ga nisbatan jinsiy xarakterdagi deepfakes bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tergov boshlagani xabar qilingandi. Telegram’ning Sharqiy Osiyodagi filiali vakili KCSC’ga elektron pochta orqali xabar yuborib, kompaniya departament so‘roviga ko‘ra o‘z platformasidan jinsiy ekspluatatsiyaga oid 25 ta materialni olib tashlaganini tasdiqladi, dedi Janubiy Koreya media regulyatori.
Telegram, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun uzr so‘radi va OAV bilan keyingi muloqot uchun eksklyuziv elektron pochta manzilini taqdim etdi, deyiladi xabarda.
KCSC Telegram’dan platformadagi noqonuniy kontentga yaxshiroq javob berish uchun Janubiy Koreya rasmiylari bilan ishonch telefoni ochishni so‘raganini aytdi.
"Biz Telegram bilan hamkorlikni mustahkamlamoqchimiz, bu orqali soxta jinsiy aloqa kontentining tarqalishi muammosini hal qilish va natijada raqamli jinsiy jinoyatlar mazmunini yo'q qilish uchun eksklyuziv elektron pochta manzilidan boshlanadigan ishonch telefonini taqdim qilmoqchimiz", dedi KCSC vakili.
Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, Telegram’da koreyalik ayollarning suratlari bilan porno-kontentning deepfakelarini yaratish va tarqatishda gumon qilingan ko‘plab chatlar aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42120 | Инструменты