Tesla aksiyasini xarid qilmoqchi bo’lganlar endilikda $1000 to’lashlari kerak bo’ladi
Tesla aksiyalarining narxi chorshanba kuni kompaniya tarixida birinchi bor $1000ga ko’tarildi. Buning oqibatida kompaniya asoschisi bo’lgan Ilon Maskning boyligi $2 milliard dollarga oshdi. Tesla esa avtomobili ishlab chiqaruvchi dunyodagi ikkinchi eng qimmat kompaniyaga aylandi.
Aksiya qadrining oshishiga nima sabab bo’ldi?
Aksiyalarning qimmatlashishiga Ilon Mask tomonidan e’lon qilingan yangilik sabab bo’ldi. Mask, o’z xodimlariga, yangi yuk mashinasini ishlab chiqarish bo’yicha ishlar yaqin davrda boshlanishini aytdi. Ishlab chiqarish aniq qachon boshlanishi, yoki boshqa ma’lumot oshkor qilinmagan bo’lsada, sarmoyadorlar bu yangilikni mamnuniyat bilan qabul qildilar.
Yuk mashinasi ishlab chiqarish bo’yicha birinchi rejalar 2017 yilda e’lon qilingan edi. Rejaga ko’ra bu ish 2019 yilda amalga oshishi ko’zda tutilgan, ammo ba’zi sabablarga ko’ra ishlab chiqarish 2021 yilga qoldirildi.
Aytish lozimki, elektr mashinalarni Tesladan tashqari dunyoning barcha yirik korxonalari, jumladan General Motors, Ford va Daimler ham ishlab chiqaradi. Ammo shu turdagi mashinalar odamlarning ko’z oldiga aynanTesla brendini esga olganda keladi. Teslaning bozor qiymati General Motors va Fordnikini qo’shgandagi qiymatdan ham ortiqdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62709 | Инструменты