Huawei 1
Tesla “iqlim sabab” Bitcoindan voz kechdi

Bir necha oy muqaddam tadbirkor Ilon Mask birgina Tweetrdagi izohi orqali Bitcoin raqamli valyutasining qadrini bir necha barobarga ko’tarib yuborgan edi. Kun kecha qoldirilgan navbatdagi tvit esa bu ishning teskarisini qildi. Ilon Mask, Tesla avtomobillarini boshqa Bitcoin kriptovalyutasiga sotmasligini e’lon qildi.

Uning fikriga ko’ra, bunday pullar ekologiyaga salbiy ta’sir qiladi. Albatta bitcoinning qanday valyuta ekanligini bilmaydigan odam uchun, raqamlar va nollar qay tariqa iqlimga ta’sir qilishi taajubga soladi. Maksning o’ylashicha esa Bitcoin ekologiya uchun tahdiddir. Uning so’zlariga ko’ra, ko’plab odamlar Bitcoinni qo’lga kiritish uchun “mayning” bilan shug’ullanadi, “mayning fermalarni” yaratish uchun esa elektr energiyasi kerak. Ko’plab davlatlarda elektr energiya ko’mir bilan ta’minlanadi.

Tadbirkorning fikriga ko’ra, kriptovalyutalarni yorqin kelajak kutmoqda, ammo bu kelajak iqlimga zarar yetkazish orqali yaratilishi noto’g’ri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90902 | Инструменты