Huawei 1
Time jurnali ham Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “Yil odami” deb topdi

Time jurnali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “Yil odami” deb topdi. Jurnal, shuningdek, yozdan beri mamlakatdagi kamsitishlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarida qatnashayotgan eronlik ayollarni yil qahramonlari deb topgni haqida xabar bergan edik.

Avvalroq, Zelenskiy Financial Times tomonidan yil odami deb topilgandi, Isroilning The Jerusalem Post nashri esa uni 2022-yilda eng nufuzli yahudiy deb topdi.

Ma'lumot o'rnida, Time jurnalida yil odamlari Stalin, Gitler, Gorbachyov, kichik Bush, Putin, Tramp va Bayden bo‘lgan edi. O‘tgan yili Ilon Mask bu nomni qo‘lga kiritgan edi.

Jurnal “yil odami” unvoni ma’qullash yoki rag‘batlantirishni anglatmasligini, faqat ma’lum bir shaxsning ta’sirini ifodalashini bir necha bor ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты