Huawei 1
Time jurnali eronlik ayollarni “Yil qahramonlari” deb topdi

Eronda 22 yoshli qizning o'limi sababli 17-sentabrdan boshlab Eronda boshlangan namoyishlarga eronlik ayollar yetakchilik qilmoqda.

AQShning TIME jurnali chorshanba kuni hukumat siyosati va repressiyalariga qarshi norozilik bildirgan Eron ayollarini "yil qahramonlari" deb e'lon qildi.

Nyu-Yorkda joylashgan jurnal o'nlab yillar davomida "Yil odami" deb topib keladi, biroq so'nggi yillarda insoniyatga qo'shgan hissasi uchun "qahramonlar"ni ham nomlashni boshladi.

Joriy yilda jurnal o'zining muqovasida mamlakat hukmdorlariga qarshi qo'llarini mahkam bog'lab turgan uch nafar eronlik yosh ayollar suratini tasvirlagan. Eronda ayollar uchun boshini o‘rash majburiydir.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Zelenskiy Financial Times tomonidan "Yil odami" deb topilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91701 | Инструменты