Huawei 1
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 29-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Dushanbedagi elchisiga norozilik notasi topshirgan. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi elchisiga Rossiyada o‘z fuqarolarining huquqlari buzilgani munosabati bilan nota topshirgan. Rossiyada Tojikiston fuqarolariga nisbatan “qatʼiy salbiy munosabat namoyon bo‘lishi”dan xavotir bildirgan.

Avvalroq Tojikiston rasmiylari mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, zarur sabab bo‘lmasa, Rossiyaga bormay turishni tavsiya qilgandi. Bu bayonot tojikistonliklar uchun chegarani kesib o‘tishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bilan izohlangan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Tojikiston tomonining bayonotiga o‘z munosabatini bildirgan. 

Zaxarovaning taʼkidlashicha, Rossiya va Qozog‘istonning quruqlikdagi chegaralarini kesib o‘tishda tojik fuqarolar uchun yuzaga kelgan qiyinchiliklar Moskvadagi Crocus City Hall teraktidan keyin paydo bo‘lgan terroristik tahdidning kuchayishi bilan bog‘liq. 

Rasmiylar ularni imkon qadar tezroq hal qilish uchun keng chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqayotgani maʼlum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga