“Tolibon” Hirot shahridagi ayollar kafesining faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Hirotdagi shtab-kvartirasi kafe yopilganini tasdiqladi. Manbalarga ko‘ra, “Tolibon” aniq bir sabab ko‘rsatmay, kafeni muhrlab qo‘ygan. O‘zini “Tolibon” deb tanishtirgan guruh agentlari avvalroq kafelarni yopish bilan tahdid qilgan. Ular kafelardagi ayollar hijobga rioya etmasligi, musiqa tinglashda davom etishini da’vo qilgan.
“Tolibon” harakati ayollarga erkaklar bo‘lgan restoran va kafelarga borishni taqiqlaganidan so‘ng, Hirot shahrida ayol tadbirkorlar tomonidan faqat ayollarga xizmat ko‘rsatadigan beshta kafe ochildi. Tadbirkorlar ovqatlanish shoxobchalarining yopilishi 7 ming dollardan 22 ming dollargacha zarar keltirishini aytmoqda. Bundan tashqari, o‘nlab ayollar ishsiz qoladi, ularning aksariyati oilasining yagona boquvchisi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112513 | Инструменты