Tolibon Tojikiston chegarasidagi hududni bir kun ichida bosib oldi
Tolibon jangarilari dushanba kuni Afg’onistonning shimoliy Qunduz provinsiyasidagi asosiy tumanni egalladilar. Ushbu hudud Tojikiston bilan chegarada joylashgan.
Imom Sahib tumani atrofidagi janglar yakshanba kuni boshlangan edi. Dushanga kuniga kelib ushbu hudud to’laqonli Tolibon tasarrufiga o’tdi. Tumandagi politsiya mahkamasi ham qo’lga olindi.
AQSH harbiylari Afg’onistonni 1 may kuni tark etishni boshladilar. O’shandan beri Tolibon jangarilarining faolligi sezilarli darajada oshdi va ko’plab hududlar ular tomonidan bosib olindi.
Associated Press nashrining xabariga ko’ra, shimoliy Qunduz ayniqsa strategik ahamiyat kasb etadi, chunki u markaziy yo’llarga va shaharlarga yaqin joylashgan.
Rasmiy hukumatning xabariga ko’ra, mahalliy politsiya va Afg’oniston milliy armiyasining harbiylari hududni qaytarib olishga harakat qilishgan, ammo urinish besamar ketgan.
Imom Sahibning bosib olinishini Tolibon vakillari ham tasdiqladilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты
Bizning harbiylarimiz chegaramiz kuchli Inshooloh hech bir ğaraz kuchlar bizga hujum qila olmaydi