Toshkentda "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish masalasi ko'rib chiqilmoqda
Rossiya va O'zbekiston tomonlari "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksinasini Toshkentda ham ishlab chiqarish masalasini muhokama qilmoqda.
Bu haqda 22 iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning navbatdagi 2-yig‘ilishi arafasida ma'lum qilingan.
Ma'lum bo'lishicha, Rossiya o'z vaksinasini "Jurabek Laboratories" korxonasida ishlab chiqarishi mumkin.
Yig'ilishda shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligiO'zbekiston tomoni bilan koronavirus infeksiyasining tarqalishi, diagnostikasi va davolashning oldini olish bo'yicha o'zaro aloqalarni yaxshi yo'la qo'ygani eslab o'tilgan.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil 1 aprelda Rossiya va O'zbekistonning sanitariya-epidemiologik markazi o'rtasida respublikaga "Sputnik V" vaksinasining 500 ming ikki dozasini olib kelish to'g'risida bitim imzolangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты