Huawei 1
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi

QSh prezidenti Donald Tramp 7 may kuni Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga yiliga kamida 2,5 million dollar ishlab topadigan fuqarolar yoki yillik daromadi 5 million dollardan oshadigan oilaviy juftliklar uchun eng yuqori soliq stavkasini 37 foizdan 39,6 foizga oshirishni taklif qildi, deb xabar beradi The New York Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp venchur fondlar va xususiy investitsiya fondi menejerlariga nisbatan qo‘llaniladigan foizlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini bekor qilish istagini yana bir bor bildirgan.

Vakillar palatasi Soliq qo‘mitasi raisi Jyeyson Smit 9 may kuni Tramp bilan uchrashib, soliq qonun loyihasi prezidentning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishini ma’lum qiladi.

Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davrida «boylar uchun soliq»ning eng yuqori stavkasini 39,6 foizdan 37 foizga qadar tushurgandi. Ushbu stavka hozir ham amalda, faqat u yillik daromadi 626 ming 350 dollardan oshadiganlarga taalluqli.

Trampning taklifi soliq imtiyozlarini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi fonida yangradi. Qonun chiqaruvchilar bu imtiyozlarning xarajatlarini qoplashga mablag‘ izlayapti, jumladan, past daromadli amerikaliklar uchun mo‘ljallangan Medicaid sug‘urta dasturini qisqartirish hisobiga.

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, boylar uchun yangi soliq stavkasining joriy etilishi 10 yil davomida budjetga qo‘shimcha 67,3 milliard dollar jalb etish imkonini beradi.

AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik Bloombergʼga bergan bayonotida boylar uchun soliqlarni oshirish, «aqlli» qadam ekanini aytdi. Bu Trampning mehmonxona xodimlari va keksalar uchun soliqlarni kamaytirishga oid saylovoldi va’dalarini moliyalashtirish uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga imkon beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51015 | Инструменты