Huawei 1
Sadir Japarov Kremlda Qirg‘iziston bayrog‘i tushirilgan stikerni yerdan oldi

9 may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushi ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi keng nishonlangan edi. Kreml devorlari yonidagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov yerga yopishtirilgan Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘i tushirilgan rasmni yerdan olib, cho‘ntagiga soldi. Bu xorij davlatlarining boshqa rahbarlari bilan birgalikda suratga tushish marosimi chog‘ida sodir bo‘ldi.

Televizion kameralar tomonidan olingan kadrlarda Japarovning Xitoy rahbari Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va boshqalar bilan bir qatorda turganini ko‘rish mumkin. Mehmonlar protokolga muvofiq suratga tushish uchun navbatga turishadi. Bunday hollarda, protokol xizmati rahbarlar turishi kerak bo‘lgan joylarda maslahatlar va belgilar qoldiradi. Sadir Japarov oyog‘i ostiga qaradi va rasmni payqab qoldi, so‘ng engashib, uni yerdan yulib oldi va ohista buklab, cho‘ntagiga soldi.

Davlat rahbarlarining bunday harakati ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. Bundan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xuddi shunday qilgan edi: mamlakat bayrog‘ini oyoq ostidan olgan edi.

2013 yilning sentyabr oyida Sankt-Peterburgdagi G20 sammitiga tashrif buyurgan G20 davlatlari yetakchilari an’anaviy guruh fotosessiyasida ishtirok etgandi. Har bir ishtirokchining joyi o‘z mamlakatining kichik bayrog‘i bilan belgilandi. O‘shanda bosh vazir bo‘lgan Erdo‘g‘an suratga olish jarayonida ishtirokchilar orasidan o‘rin egallab, Turkiya bayrog‘ini yerdan ko‘tarib, ehtiyotkorlik bilan uni cho‘ntagiga solgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51017 | Инструменты