Trump Organization kompaniyasi Trump Mobile tarmog‘ini ishga tushirishini, shuningdek, T1 smartfonini «nozik oltin qoplamada» chiqarishini e’lon qildi, deb xabar berdi The Verge.
Trump Mobile oyiga $47,45 evaziga yagona cheksiz tarifni taklif qiladi. T1 smartfonining narxi 499 dollarga teng. Ta’kidlanishicha, u AQSh hududida ishlab chiqariladi va joriy yilda sotuvga chiqadi.
«Trump Mobile uyali telefonlar va mobil aloqada inqilob qilmoqchi», dedi AQSh prezidentining o‘rtancha o‘g‘li va Trump Organization vitse-prezidenti Erik Tramp.
The Verge nashriga ko‘ra, Trump Mobile tarifi boshqa operatorlarning shu kabi takliflariga qaraganda qimmatroq. T1 smartfonining texnik xususiyatlari esa hayratlanarli emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61716 | Инструменты