Huawei 1
Tramp Putin va Zelenskiyni uchrashishga chaqirdi

Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish uchun uchrashishi kerak, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp 21-fevral, juma kuni Oq uyda jurnalistlarga. "Prezident Putin va prezident Zelenskiy uchrashishi kerak, deb hisoblayman. Bilasizmi, nima uchun? Chunki biz millionlab odamlarning oʻldirilishini toʻxtatmoqchimiz", - dedi Tramp. 

O'sha kuni u Fox News radiosiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish uchun Zelenskiyning muzokaralarda ishtirok etishiga ehtiyoj sezmasligini aytdi. Shu bilan birga, Amerika yetakchisi har ikki tomon bilan muloqotni davom ettirayotganini ta’kidladi.

Tramp 9-may kuni Moskvaga bormaydi

Bundan tashqari, jurnalistlar bilan o‘sha uchrashuvda Tramp 9-may kuni Moskvaga tashrif buyurishi haqidagi OAVda paydo bo‘lgan xabarlarni rad etdi. Rossiyada Ikkinchi Jahon urushidagi G'alaba kunini nishonlashda ishtirok etmoqchimisiz, degan savolga Oq uy rahbari: "Yo'q, men bormayman", deb javob berdi.

Fransiyaning Le Point jurnali avvalroq nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, Tramp Moskvadagi paradda ishtirok etishi va u Rossiya poytaxtida Vladimir Putin bilan uchrashishi haqida xabar bergan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning 9-mayni nishonlash uchun Moskvaga tashrifi hozircha rejalashtirilmaganini aytdi. Jurnalistlarning tomonlar tashrif haqida kelishib oldilarmi, degan savoliga Peskov salbiy javob berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22220 | Инструменты