Huawei 1
Tramp Rossiya bilan harbiy mojaro bo‘lishini istamasligini aytdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z raqibi demokrat Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash Rossiya bilan urushga olib kelishini aytdi. U buning oldini olishga chaqirdi.

“Kamala Harrisga ovoz berish orqali siz Rossiya bilan urushga ovoz berasiz. Kimdir Rossiya bilan urush qilishni xohlaydimi? Agar kerak bo'lsa, biz buni qilamiz. Ammo buning oldini olish maqsadga muvofiqdir”, — dedi Tramp Las-Vegasdagi chiqishi vaqtida.

Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida to‘xtatishini bir necha bor aytgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni bu qadar tez hal qilish imkoniyatiga shubha qilmoqda. Respublikachilarning joriy tinchlik rejasi qurolsizlantirilgan hudud yaratish va Ukrainani NATOga a'zo bo'lishdan voz kechishni o'z ichiga oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91814 | Инструменты