Huawei 1
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish va hal etish tizimi joriy etildi

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish va hal etish tizimi joriy etildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi.

Endilikda mazkur masala bilan tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddi vakillaridan iborat komissiya shug‘ullanadi.

Ushbu komissiya bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha berilgan xulosa, bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha binolarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma olinganligi haqidagi maʼlumotlarni o‘rganib chiqadi.

Shuningdek, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi qarori va ushbu kengash ishchi organi xulosasiga doir hujjatlarning qonuniy berilganligini o‘rganib chiqadi va qaror qabul qiladi.

Taʼkidlash lozimki, sudlarda ko‘rib chiqilgan yoki ko‘rib chiqilayotgan nizolar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Manfaatdor shaxs vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati yoki bunday hujjatni berishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek, harakatlari bo‘yicha komissiyaga murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning shaharsozlik sohasidagi qonuniy manfaatlarini ko‘zlab vakolatli davlat organlari yoki aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, murojaatlar ko‘rib chiqilishi teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini taʼminlash hamda murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish prinsiplariga asoslanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты