Huawei 1
Buxoroda olimlar biogumus orqali sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish texnika va texnologiyasini yaratmoqda

16-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Buxoro tabiiy resusrlarni boshqarish institutining paxta sifati va hosildorligini oshirishga qaratilgan tajriba maydonida bo‘ldi.

Tajriba dala maydoni 20.4 gektar bo‘lib, shuning 5.5 gektariga paxta, shu jumladan 1 gektariga biogumus orqali yetishtiriladigan, 3.5 gektariga tomchilab sug‘orish asosida yetishtiriladigan paxta ekilgan. Shunigdek, 10 gektar maydonga kuzgi bug‘doy ekish reja qilingan bo‘lsa, qolganiga bog‘ yaratish maqsad qilingan.

Vazir shuningdek, institut olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, jumladan, “Turli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish texnika va texnologiyasini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida olingan ilmiy-amaliy natijalar bilan ham tanishdi.

Olimlarga ko‘ra, g‘o‘zani suyuq biogidrogumus aralashtirib sug‘orish usuli orqali tajriba dalasining turli darajada sho‘rlangan tuprog‘i tarkibidagi tuzlar miqdorining besh barobar kamayishiga erishildi. Bu paxta hosildorligini 60 – 70 foiz oshirish, daryo suvlarini esa bir mavsum davomida 70 foizgacha tejash imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты